logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" Kolo-Muani qaytarmoqchi

 25 YANVAR, 2026, 12:42

"Tottenxem"da ijara asosida to'p tepayotgan "PSJ" forvardi Randal Kolo-Muaniga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" frantsiyalik hujumchini mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olmoqchi. O'tgan yilning yozida Kolo-Muani ijara asosida "Tottenxem"ga o'tgandi. Ta'kidlanishicha, "shporlar"ning futbolchini sotib olishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Joriy mavsumda 27 yoshli Kolo-Muani barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Kolo-Muanining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ