UFC 324. Asosiy kardning ilk jangi to'liq davom etdi
25 YANVAR, 2026, 08:00
Las-Vegas shahrida UFC 324 turniri o'tkazilmoqda.Turnir asosiy kardining ilk jangida angliyalik Arnold Allen Braziliya vakili Jan Silvaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Jan Silva hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, turnirning markaziy jangida Jastin Getji va Peddi Pimblett engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionligi uchun to'qnash keladi.
Manba: olamsport.com
