UFC 324. Umar Nurmagomedov sobiq chempionni mag'lub etdi
25 YANVAR, 2026, 07:00
Las-Vegasda UFC 324 turniri boshlandi.Musobaqaning prelim kardi doirasida chempionlikka sobiq davogar Umar Nurmagomedov va sobiq chempion Deyvison Figeredu o'rtasida kechdi.
3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda Nurmagomedov hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobida (30-27, 30-27, 30-27) g'alabaga erishdi.
Turnirning markaziy jangida Jastin Getji va Peddi Pimblett engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionligi uchun to'qnash keladi.
Manba: olamsport.com
