logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Bavariya" kutilmaganda o'z maydonida "Augsburg"ga yutqazib qo'ydi

 24 YANVAR, 2026, 21:36

Germaniya Bundesligasining 19-turida "Bavariya" o'z maydonida "Augsburg"ga yutqazib qo'ydi - 1:2.

Uchrashuvning 23-daqiqasida myunxenliklar himoyachisi Xiroki Ito hisobni ochdi. 75-daqiqada mehmonlar Artur Chavesning goli evaziga javob qaytardi. Oradan 6 daqiqa o'tib, Xan-No Massengo "Augsburg"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

"Bavariya" Bundesliganing ushbu mavsumida ilk bor mag'lubiyatga uchradi. 50 ochko bilan Vensan Kompani jamoasi peshqadamlikni saqlab turibdi.

"Augsburg" (19 ochko) 5 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga barham berib, turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarilib oldi.

Bavariya - Augsburg - 1:2

Gollar: Ito, 23 (1:0). A. Chaves, 75 (1:1). Massengo, 81 (1:2)

Bavariya: Urbig, Ito (Bishof, 79), Kim Min Dje (F. Chaves, 85), Ta, Deyvis (Kimmix, 61), Goretska (Djekson, 79), Pavlovich, Dias, Karl (Musiala, 61), Olise, Keyn

Augsburg: Damen, Tseziger, Shlotterbek, A. Chaves (Volf, 85), Yannulis, Redjbechay (Kaytel, 75), Massengo, Fellxauer, Klod-Moris, Rider (Kemyur, 75), Kade (Essende, 63)

Ogohlantirish: Ta, 74

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ