Semeno "Man Siti" safida APLdagi ilk golini urdi
24 YANVAR, 2026, 21:00
"Manchester Siti" shanba kuni Angliya chempionatida "Vulverxempton"ni qabul qilmoqda. Birinchi bo'limdan keyin 2:0 hisobi qayd etilmoqda. Ikkinchi golni "shaharliklar" vingeri, yaqinda "Bornmut"dan transfer qilingan Antuan Semeno kiritdi.
Semeno jarima maydoni ichidan aniq zarba yo'lladi. Antuan uchun bu "Manchester Siti" safidagi Premer-ligadagi ilk gol bo'ldi. Avvalroq futbolchi "shaharliklar" safida ikkita gol urgandi - Angliya Kubogi va Liga Kubogida.
