logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya chempionati. "Bashakshehir" yirik hisobda g'alaba qozondi, Shomurodovdan assist

 24 YANVAR, 2026, 18:42

Turkiya chempionati 19-turida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Kayserispor"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda Devi Zelke, Ramzan Chivelek (avtogol) va Nunu da Koshta gollarga mualliflik qilishdi.

Bahsda Eldor Shomurodov to'liq harakat qildi va jamoasining 3-goliga assist berdi. Abbosbek Fayzullaev ham asosiy tarkibda maydonga tushib, 81-daqiqada zaxiraga olindi.

"Bashakshehir" 29 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi, "Kayserispor" 15 ochko bilan 16-pog'onada.

Turkiya chempionati. 19-tur
Kayserispor - Bashakshehir - 0:3
24 yanvar, 16:30
Gollar: 35' 0:1 - D. Zelke (penaltidan), 67' 0:2 - R. Chivelek (avtogol), 86' 0:3 - N. Da Koshta (E. Shomurodov).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ