logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xalk "Aktobe"dan yiliga 2 million evro maosh so'ragani rostmi?

 24 YANVAR, 2026, 15:42

"Atletiko Mineyro" hujumchisi Xalkning agenti Patrisiya Mendes "Aktobe" bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

Avvalroq, insayder Ivan Karpov 39 yoshli braziliyalik futbolchi Qozog'iston klubidan yiliga 2 mln evro atrofida maosh so'ragani haqida xabar bergan edi.

"Biz "Aktobe" bilan hech qanday muzokara o'tkazmadik va o'tkazmayapmiz. Xalk "Atletiko Mineyro" futbolchisi, uning klub bilan 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomasi bor," - dedi Mendes.

Xalk 2021 yildan beri "Atletiko Mineyro" sharafini himoya qilmoqda. U o'tgan mavsumda 61ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ