"Arsenal" kelasi yozda qaysi pozitsiyani kuchaytirish kerakligini aniqlab oldi
24 YANVAR, 2026, 13:36
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida jamoani kuchaytirish rejasini ishlab chiqmoqda.
"To'pchilar"ning ustuvor vazifalari - hujumning chap qanotiga va markaziy hujumchi pozitsiyasiga yangi o'yinchilarni jalb qilish, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs. Sport direktori Andrea Berta yozgi shartnomalar ustida ishlamoqda, aloqalar o'rnatmoqda va bozordagi potentsial variantlarni o'rganmoqda. "Arsenal"da Xulian Alvaresning "Atletiko"dagi holati haqida eshitishgan, shuningdek, qiziqishlar ro'yxatida "Levante" vakili Etta Eyong ham bor.
Mikel Arteta jamoasi Premer-liga 22-turidan keyin turnir jadvalida "Manchester Siti" va "Aston Villa"dan 7 ochko oldinda bormoqda.
