Fyodor Emelyanenko Strikeforce ligasidagi mag'lubiyatlari sababini ochiqladi
24 YANVAR, 2026, 13:16
Rossiyalik afsonaviy aralash yakkakurash ustasi Fyodor Emelyanenko 2010 yil iyunidan 2011 yil iyuligacha Strikeforce ligasida ketma-ket uchta mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.Emelyanenko Fabrisio Verdum, Antonio Silva va Den Xendersonga imkoniyatni boy bergan edi. Fedor mag'lubiyatlar seriyasi nima bilan bog'liqligini aytib berdi.
"O'sha paytda sodir bo'lgan bazi holatlar bor edi. Xotinim og'ir holatda homilador bo'lgan, lekin men endi tushunamanki, bu ruhiy ham edi. Biz bu vaqtda ibodatxona qurayotgan edik, uchchala mag'lubiyat ham xuddi shu paytga to'g'ri keldi. Homiladorlikka, qurilishga. Ibodatxona qurishdi - bu men uchun qonuniy, men buning nimaligini tushunaman. Bu manaviy kurash. SHuning uchun men hozir bunga manaviy tomondan qarayapman. Men u tomondan ko'ngillilar kelayotganini aniq ko'rib, his qilib turibman. Bilaman, shunday ish qilsam, darrov o'zimga keladi", - dedi "So'nggi imperator" "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Den Xendersondan texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lganidan so'ng, Fyodor Emelyanenko uchta g'alabaga erishdi. Keyin oradan uch yil o'tib, faoliyatini to'xtatdi, ammo 2015 yil dekabr oyida yana janglarga qaytdi. 2023 yil fevraligacha amerikalik Rayan Beyderga og'ir vazn toifasidagi Bellator chempionlik kamari uchun texnik nokaut bilan yutqazdi.

Manba: olamsport.com
