"Yuventus" dam olish kunlari marokashlik yulduz transferini yakunlamoqchi
24 YANVAR, 2026, 12:36
Turinning "Yuventus" klubi dam olish kunlaridayoq "Fenerbahche"ning marokashlik hujumchisi Yussef En-Nesirini sotib olish bo'yicha kelishuvni to'liq yopishga tayyor.
28 yoshli forvardning narxi 22 mln evro bo'lib, uning turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda futbolchi klublar o'rtasidagi barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, sakkizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
En-Nesiri 2024 yilning yozida Ispaniyaning "Sevilya" klubidan 19,5 mln evro evaziga "Fenerbahche"ga o'tgandi.
