Alvaresning agenti "Barselona"ga transfer haqida gapirdi
24 YANVAR, 2026, 12:30
"Atletiko" forvardi Xulian Alvaresning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Fernando Idalgo Kataloniyaning "Barselona" klubiga ehtimoliy transferi borasida fikr bildirdi.
"Alvares bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor bo'lgan barcha "Atletiko" bilan bog'lanishi kerak. Xulianning shartnomasi bor va bor e'tiborini hozirgi jamoasiga qaratgan. Deku bilan uchrashuv? Bu yolg'on, biz u bilan so'nggi vaqtlarda ko'rishmadik," - deya agentning so'zlarini keltiradi Sport.es.
Argentinalik hujumchining transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda. Alvaresning "matraschilar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
