logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt: "Bokssiz UFC bo'lmasdi"

 24 YANVAR, 2026, 11:48

UFC va yangi Zuffa Boxing kompaniyasi rahbari Dana Uaytning tan olishicha, promouter o'z faoliyatining boshida professional boksga etibor qaratgan.

Dana boksdan eng yaxshi jihatlarni olishga va shu bilan birga boksdagi hamkasblari yo'l qo'ygan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilgan.

"Bokssiz men ham, bu bino ham, uning yonidagi bino ham bo'lmasdi, - dedi Uayt UFC Apex sport majmuasida matbuot xodimlari bilan suhbatda. - Men buni doim tan olganman... Boksni yoqtirmaganim uchun ko'p urishardim... Boksda menga yoqadigan va yoqmaydigan hamma narsani hisobga oldim - biz UFC’ni shunday qurdik. Agar bu UFC’da ish bergan bo'lsa, unda, albatta, boksda ham ish berishi kerak".

"Qarang, Milliy futbol ligasi 50-60 yil davomida nimalarga erishdi, - deya qo'shimcha qildi Uayt. - Boks ikki-uch barobar uzoq yashaydi. Tasavvur qiling, agar boks biznes kabi qurilganida, u nimalarga erishishi mumkin edi".

Eslatib o'tamiz, Zuffa Boxing`ning ilk boks shousi ertaga tongda Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Uning asosiy jangi Kallum Uolsh (15-0, 11KO) va Karlos Okampo (38-3, 26KO) o'rtasida kechadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ