logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» va «Manchester Siti» klublari «Vest Hem» futbolchisi uchun kurashga kirdi

 24 YANVAR, 2026, 11:06

Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda “Manchester Siti” klublari “Vest Hem” safida to'p surayotgan 21 yoshli markaziy yarim himoyachi Mateush Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchining shartnomasida alohida band mavjud. Agar “Vest Hem” Angliya Premer Ligasidan quyi ligaga tushib ketsa, bu band faollashadi va futbolchi jamoa bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Manchester klublari esa aynan shu band ortidan futbolchini arzonroqqa sotib olish yoki “Vest Hem” mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketsa, bepul qo'lga kiritish uchun harakat qilmoqda.

Ayni payda London klubi APL turnir jadvalida 17 ochko bilan 18-pog'onani egallab turibdi. Klubning Chempionshipga tushib ketish ehtimoli juda yuqori. Shu sababli “Vest Hem” Fernandeshni yanvar oyidayoq sotib, uning transferidan foyda qilish imkoniyatini ko'rib chiqishi taxmin qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Mateush Fernandesh barcha turnirlar doirasida 24 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 32 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ