logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1. «PSJ» so'nggi daqiqalarida urilgan gol evaziga «Oser»ni mag'lub etib, 1-o'ringa ko'tarildi (videosharh)

 24 YANVAR, 2026, 11:00

Frantsiya Liga 1ning 2025/2026 yilgi mavsumi 19-turi doirasida «Oser» hamda «PSJ» jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Frantsiyaning Oser shahridagi «Abbe Desham» stadionida o'tkazilgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golni «PSJ» hujumchisi Bredli Barkola 79-daqiqada urdi.

19 turdan so'ng «PSJ» 45 ochko jamg'arib, chempionat jadvalida peshqadamga aylandi. «Oser» esa 12 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda Luis Enrike shogirdlari 1 fevral kuni safarda «Strasburg»ga qarshi maydonga tushadi, «Oser» esa shu kuni «Tuluza» bilan bahs olib boradi.

Frantsiya — Liga 1. 19-tur
23 yanvar 2026 yil, juma.
«Oser» — «PSJ» — 0:1
Gol: 0:1 Barkola — 79.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ