logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC 324 tarozi natijalari. Ikki jangchi, xususan sobiq UFC chempioni vazn qila olmadi, bitta jang bekor qilindi + FOTOGALEREYA

 24 YANVAR, 2026, 09:48

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Las-Vegas shahridagi "Ti Mobayl Arena"da 2026 yildan o'rin olgan ilk raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC 324 oqshomi ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Turnirning asosiy jangi engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun o'tkaziladi. Unda amerikalik Jastin Getji britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqadi. Turnir xedlaynerlari belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Jastin – 70.31 kg (155 funt), Peddi – 69.85 kg (154 funt) tosh bosdi.

Ikki tajribali jangchi - sobiq UFC chempioni Deyveson Figeredo hamda Aleks Perez esa belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Figeredo rossiyalik Umar Nurmagomedovga, Perez esa CHarlz Jonsonga qarshi oktagonga chiqadi. Vazn qilinmagan bo'lsa-da, har ikki jang o'tkaziladi. Faqat vazn qila olmaganlar raqiblariga o'z gonorarlarining 25 foizini beradilar. 

Kemeron Smozermen va Rikki Tursios o'rtasidagi jang bekor qilindi. Garchi vazn bajarilgan bo'lsa-da, Smozermen tarozidan tushayotgan hushini yo'qotgan va kasalxonaga olib ketilgann. 

UFC 324 tarozi natijalari:

Jastin Getji (70.31 kg) – Peddi Pimblett (69.85 kg)

SHon O’Melli (61.46 kg) – Song Yadong (61.69 kg)

Valdo Kortes-Akosta (118.84 kg) – Derrik Lyuis (119.52 kg)

Rouz Namayunas (56.93 kg) – Nataliya Silva (57.15 kg)

Arnold Allen (66 kg) – Jin Silva (66.22 kg)


Prelim janglar

Deyveson Figeyredo (62.82 kg) – Umar Nurmagomedov (61.69 kg)

Ateba Gote (84.37 kg) – Andrey Pulyaev (84.37 kg)

Modestas Bukauskas (92.53 kg) – Nikita Krilov (93.21 kg)

CHarlz Jonson (57.15 kg) – Aleks Perez (58.29 kg)

Aleksandr Ernandes (70.53 kg) – Maykl Jonson (70.76 kg)

Denzel Frimen (116.8 kg) – Josh Xokit (106.37 kg)

Kemeron Smozermen (61.46 kg) – Rikki Tursios (61.69 kg)

Adam Fugitt (77.56 kg) – Tay Miller (77.11 kg)

























Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ