logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dimarko «Inter» himoyachilari orasida A seriyada avval qayd etilmagan natijaga erishdi

 24 YANVAR, 2026, 08:18

Italiyalik qanot himoyachisi Federiko Dimarko A seriyaning bir o'yinida uchta golda ishtirok etgan (bugun — 1 ta gol va 2 ta golli uzatma) «Inter» tarixidagi ilk himoyachiga aylandi.

Bu statistika yuritila boshlangan 2004/05 yilgi mavsumdan buyon hech bir «Inter» himoyachisi bunday natijaga erisha olmagan. Bu haqda Opta xabar bermoqda.

Ushbu voqea Italiya chempionatining 22-turi doirasida «Piza»ga qarshi o'yinda (6:2) sodir bo'ldi.

Joriy mavsumda italiyalik futbolchi «Inter» safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

Dimarkoning milanliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati €50 mlnni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ