Slot: "Imkoniyatlar taxminan 50 ga 50"
24 YANVAR, 2026, 08:00
"Liverpul" ustozi Arne Slot juma kungi matbuot anjumanida vinger Federiko Kezaning holati haqidagi savolga javob berdi.
"Keza o'ynaydimi? Kutish va ko'rish kerak. U "Bornmut"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladimi yoki yo'qmi, aytish qiyin. Biz uning uzoq muddatga safdan chiqishini kutmayapmiz, shuning uchun imkoniyatlar taxminan 50 ga 50", - dedi Slot jurnalistlarga.
24 yanvar, shanba kuni "Liverpul" safarda "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Ayni vaqtda "Liverpul" Premer-liga jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
