logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reynders: "Manchester Siti" qaytadi"

 24 YANVAR, 2026, 07:30

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Tidjani Reynders jamoaning pasayishi haqida fikr bildirdi. "Shaharliklar"ning Premer-ligadagi g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yindan iborat.

Chempionlar ligasi doirasida "Budyo-Glimt"ga qarshi kechgan so'nggi bahsda ham Xosep Gvardiola jamoasi mag'lubiyatga uchragandi (1:3).

"Biz asosiy ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishimiz va o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak - bu eng muhimi, aynan g'alabalar energiya beradi. Bunga erishishimizga ishonchim komil. Bizning kuchli tomonlarimiz ko'p. 2025 yil oxirida biz taqdim etgan g'alabali seriyani takrorlash uchun hamma narsa mavjud. Hozir biroz sekinlashdik, biroq ishonchim komilki, tez orada g'alabali yo'lga qaytamiz", - deya Reyndersning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.

Shanba kungi "Siti" - "Vulverxempton" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ