logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Upamekano «Bavariya»ga qanday talablar qo'yayotgani ma'lum bo'ldi

 23 YANVAR, 2026, 21:48

Myunxenning "Bavariya" klubi hamon markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqda jurnalist Maksimilian Kox xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ikki masala muhokama qilinmoqda - yangi shartnomaning amal qilish muddati va uni muddatidan oldin bekor qilish shartlari. Tomonlar futbolchi qaysi yilgacha jamoada qolishini muhokama qilmoqda - 2030 yilgacha yoki 2031 yilgacha. Ikkinchi band 2027 yildan (o'yinchining xohishi) yoki 2028 yildan (klubning xohishi) kuchga kirishi mumkin.

Asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar (20 million evro maosh va xuddi shunday imzolash bonusi) allaqachon kelishib olingan. Muzokaralar bir oyga kechikkanini hisobga olsak ham, Upamekanoning klubda qolish ehtimoli katta.

Joriy mavsumda 27 yoshli frantsuz 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta ogohlantirish oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ