logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyokereshning asosiy muammosi nimada ekanligi aytildi

 23 YANVAR, 2026, 17:18

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Ebue hujumchi Viktor Dyokereshning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Men Dyokereshni Portugaliyada o'ynaganida ko'p kuzatganman va u ajoyib hujumchi. U juda kuchli, ammo muammo shundaki, "Arsenal" vingerlari unga etarlicha tez-tez to'p uzatmayapti. Ularning barchasi gol urishni istaydi, ammo Viktor - hujumchi. Gol urish uning ishi.

Anri har doim menga, Klishiga, Eshli Koulga va boshqalarga hujumchi ekanini, shuning uchun gollarga muhtojligini eslatib turardi. U shunday degandi: "Tushunaman, siz ham gol urishni istaysiz, ammo sizning vazifangiz - vaziyatlar yaratish," - deya ivuarlik futbolchining so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Dyokeresh "Arsenal" safida 27 ta o'yinda 9 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ