"Fiorentina" yarim himoyachisi "Bolonya"ga o'tdi
23 YANVAR, 2026, 16:18
"Fiorentina" markaziy yarim himoyachisi Simon Som faoliyatini "Bolonya"da davom ettiradi.
24 yoshli shveytsariyalik futbolchi 13,5 million evroga sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha "Bolonya"ga ijaraga o'tdi.
Som joriy mavsumda 21 ta o'yinda 1 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.
