logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Grinvudni ortga qaytarishi mumkin

 23 YANVAR, 2026, 15:12

"Manchester Yunayted" vakillari qanot hujumchisi Meyson Grinvudning qaytishi borasida ilk bor "Marsel" bilan bog'lanishdi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Grinvudning shartnomasida "Manchester Yunayted" uni 48 million evroga sotib olishi mumkin bo'lgan maxsus band bor. Grinvudning yorqin o'yinlari fonida "qizil iblislar" tarkibida vinger sotib olish masalasi qizg'in muhokama qilinmoqda. Ammo unga "Atletiko" Madriddan ham qiziqish borligi ta'kidlanmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli Grinvud barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda 20 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ