logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" "Sevilya" himoyachisini sotib olishni maqsad qilgan

 23 YANVAR, 2026, 15:06

"Yuventus" "Sevilya"ning o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, turinliklar 22 yoshli futbolchini Per Kalyuluga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Agar Ispaniya jamoasi futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa, kelishuv amalga oshishi mumkin. "Yuventus" hali to'laqonli transferni rasmiylashtirishga tayyor emas.

Xuanlu Sanches "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ