logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qilichbozlarimiz AQSHdagi Jahon kubogi bosqichi va Qatardagi Gran-prida ishtirok etishmoqda

 23 YANVAR, 2026, 12:16

Kecha AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida qilichbozlik bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida sablya yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi.

25 yanvarga qadar davom etadigan mazkur musobaqada individual va jamoaviy bellashuvlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada quyidagi tarkibda qatnashmoqda;

Ayollar:

Zaynab Dayibekova, Samira SHokirova, Fernanda Errera, Gulistan Perdibaeva, Ayakoz Jumamuratova, Nargiza Jaksibaeva.

Erkaklar:

Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Sardor Abdukarimbekov, Alpamis Urakbaev.




Bundan tashqari, 23–25 yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida erkaklar va ayollar o'rtasida shpaga yo'nalishi bo'yicha Gran-pri bo'lib o'tadi.

Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini SHahzoda Egamberdieva, Malika Hakimova, Dilnaz Murzataeva va Sevara Rahimova himoya qiladi. Erkaklar Gran-prisida esa O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Ahmadjon Fayziev, Nurmuhammad Mo'minov, Javohirbek Nurmatov va Meyirhan Timurov musobaqada qatnashadi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ