logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiyaning "Al-Ahli" klubi Vinisius Juniorga 1 milliard evro miqdorida shartnoma taklif qilmoqchi

 23 YANVAR, 2026, 11:16

Vinisius Junior yaqinda "Real"da faoliyatini davom ettirish istagini bildirganiga qaramasdan, uning kelajagi haqidagi mish-mishlar tinchiyotgani yo'q.

Payshanba kuni bir qator manbalar braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning malum qilishicha, asosiy davogar Jiddaning "Al-Ahli" klubi hisoblanadi. Uning so'zlariga ko'ra, saudiyaliklar yulduzli hujumchiga 1 milliard evro miqdorida ulkan shartnoma taklif etishga tayyor.

Qayd etilishicha, futbolchining yaqin atrofi Saudiya Arabistoni vakillari bilan bir yildan ortiq vaqtdan beri aloqada.

Ayni paytda Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ