logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Buffon Messi va Ronalduni solishtirib, ularning maydondagi funktsiyasidagi farqlarni ta'kidladi

 23 YANVAR, 2026, 09:18

«Yuventus» klubi va Italiya terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Janluidji Buffon «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi hamda «An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronalduni taqqoslab, ularning futbol maydonidagi rollari turlicha ekanini ta'kidladi.

«Ular mutlaqo ikki xil futbolchi. Messi ko'p qirraliroq, chunki u hujumlarni ancha orqadan boshlaydi. Unda pleymeykerlarga xos texnik mahorat va o'yinni ko'ra bilish qobiliyati kuchli. Krishtianu Ronaldu esa, ehtimol yoshi sababli, jarima maydonida haqiqiy “qotil”ga aylandi. Ronaldu kuchini tejaydi, shu bois endi u qanotga chiqib, to'pni raqib oyoqlari orasidan o'tkazish yoki qandaydir effektli zarba berish uchun yugurmaydi. Ammo jarima maydonida to'p bilan u golli vaziyat yarata oladi», — deya Buffonning so'zlarini keltiradi BolaVip.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ