logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Komo" "Barselona" himoyachisiga yangi taklif bilan chiqdi

 23 YANVAR, 2026, 05:24

"Barselona" markaziy himoyachisi Andres Kuenka "Komo"ning transfer maqsadlari qatorida qolmoqda.

Avvalroq, 18 yoshli futbolchiga Italiya klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Mundo Deportivo nashrining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, "Komo" ispaniyalik futbolchi uchun yangi taklif bilan chiqqan va kelishuvga futbolchining kelajakdagi qayta sotilish summasining 25 foizini "Barselona"ga kafolatlash bandini kiritgan. Istiqbolli markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi yarim yildan keyin tugaydi.

Andres Kuenka Kataloniya grandining ikkinchi jamoasida o'ynaydi va faqat bir marta asosiy tarkibda o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Himoyachining Transfermarkt saytidagi narxi - 500 ming evro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ