logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston milliy jamoasi BAAda 2 ta o'yini o'tkazadi

 22 YANVAR, 2026, 20:42

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

Mazkur yig'in davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.

Mazkur yig'in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo'lib, asosiy e'tibor futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishga qaratilgan.

Shu bois, O'zbekiston milliy jamoasi mazkur yig'in doirasida 2 ta nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Jamoamiz 26 yanvar kuni Xitoy milliy terma jamoasi hamda 30 yanvar kuni Armanistonning «Urartu» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bahslar mashg'ulot uchrashuvi formatida o'tkaziladi. Mazkur o'yinlar yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ