logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt o'ziga yoqmagan UFC jangchisiga mag'lubiyat tilaganini tan oldi

 22 YANVAR, 2026, 17:32

UFC prezidenti Dana Uayt 2025 yil o'rtalarida promoushen jangchilaridan birini mag'lub bo'lishini xohlaganini aytmoqda.

"Adashmasam, o'tgan yilning o'rtalarida edi. Menga qarang, bizda shartnoma bo'yicha mingta yigit bor. Men ularning hammasiga ham yoqmayman, ularning hammasi ham menga yoqmaydi, shuning uchun bu mutlaqo normal holat", - dedi Uayt BigBoyTV YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar gap Adolf Gitlerni "o'z mamlakati uchun kurashgan yaxshi yigit" deb atab, janjal chiqargan Brays Mitchell haqida ketayotgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi. O'shanda Uayt jangchining bayonotini keskin qoralab, uni "eng ahmoqona va nodon safsata" deb atagandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ