logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xau Gimaraesning jarohati haqida gapirdi

 22 YANVAR, 2026, 16:48

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Hau jamoa yarimhimoyachisi Bruno Gimaraesning holati haqida fikr bildirdi.

Chempionlar ligasining o'tgan turida PSVga qarshi kechgan o'yinda (3:0) Gimaraes dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushdi, ammo jarohat tufayli birinchi bo'lim oxirida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

"Uning to'pig'i biroz shishgan, biroz og'riyapti. Umid qilamizki, u erda hech qanday jiddiy narsa yo'q, lekin aniq aytish qiyin. Uni almashtirishga to'g'ri kelganidan xavotirdaman", - deya Xauning so'zlarini keltiradi jurnalist Kreyg Xoup.

Joriy mavsumda Gimaraes barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ