logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Levandovski bilan shartnomani ikki shart asosida uzaytirishga tayyor

 22 YANVAR, 2026, 16:24

"Barselona" hujumchi Robert Levandovskini jamoada olib qolishga tayyor, faqat ma'lum shartlar asosida.

Xabarga ko'ra, polshalik o'z maoshini 50 foizga qisqartirishi kerak. Hozirda forvard Kataloniya klubida bir mavsumda 26 million evro maosh olmoqda. Shuningdek, Levandovski o'yin vaqtini qisqartirishi kerak. "Ko'k-anorranglilar" hujumchini rotatsiya o'yinchisi sifatida ko'rmoqda.

Robert Levandovski 2022 yilda "Bavariya"dan 45 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda hujumchi "ko'k-anorranglilar" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ