logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Ferminni "Chelsi"ga transferini blokladi, Laporta futbolchini sotishga tayyor edi

 22 YANVAR, 2026, 15:48

"Barselona" yarimhimoyachisi Fermin Lopes "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi.

Touchline xabariga ko'ra, "ko'klar" futbolchining transferi bo'yicha Kataloniya klubiga murojaat qilganida, "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta agar "Chelsi" "Barselona"ning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda munosib taklif bilan chiqsa, futbolchini sotishga tayyor edi.

Ammo vaziyatga jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik aralashdi. U Laportaga Fermin uning loyihasining eng muhim qismlaridan biri ekanligini aytdi.

Shuningdek, u yarim himoyachi bilan shaxsan gaplashib, agar klubda qolsa, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishontirdi. "Barselona" rahbariyati Flikning qarashlarini hurmat qiladi va uning qarorlariga to'liq ishonadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ