logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Husniddin Aliqulovning jarohati bo'yicha mutaxassis xulosa berdi

 22 YANVAR, 2026, 10:42

Turkiyaning "Rizespor" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov 19 yanvar kuni "Gyoztepa"ga klubiga qarshi o'yinning 75-daqiqasida jiddiy jarohat oldi. Aliqulovning jarohati borasida O'zbekiston terma jamoalar markazi shifokori Abror Pirmuhammedov xulosa berdi.

"Husniddin Aliqulovning safdan chiqishi muxlislar dilini ancha xira qildi...

Chap tizza bo'g'imida olingan jiddiy jarohat Husniddinni qariyb bir yilga katta futboldan uzoqlashtiradigan bo'ldi.  Futbolchi tizzasidagi old xochsimon boylam va menisklar yirtilishi hamda unga yondosh to'qimalarning shikastlanishi malakali jarrohlik amaliyotini talab qiladi. Jarrohlikdan keyingi reabilitatsiya jarayoni esa o'ta muhim va o'rtacha 6-8 oyni tashkil etadi.

Barchasi ko'ngildagidek yakun topishini va Husniddin tezroq tuzalib ketishini tilab qolamiz", — deya yozdi Pirmuhammedov telegramdagi o'zining sahifasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ