logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" o'sib kelayotgan ingliz yulduzini "Liverpul"dan tortib olmoqchi

 21 YANVAR, 2026, 17:12

APL klublari — "Chelsi" va "Liverpul" 17 yoshli ingliz himoyachisi Isa Alao bilan shartnoma imzolash uchun asosiy da'vogarlar hisoblanadi. Bu haqda Sheffield Star nashri xabar berdi.

Avvalroq Chempionshipda ishtirok etuvchi "Sheffild Uensdey"ning o'sib kelayotgan yulduzi bilan shartnoma tuzishni "Liverpul" rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Biroq so'nggi paytlarda "Chelsi" faollashib, futbolchining asosiy xaridori sifatida oldinga chiqdi. Manbalar to'lov miqdorini aniq aytmagan, ammo "Sheffild Uensdey" uchun u olti xonali summa olishni istayotgani ta'kidlanmoqda.

Alao joriy mavsumda "Sheffild Uensdey" asosiy tarkibida debyut qildi. U Chempionshipda 2 ta o'yinda, Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida esa jami 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ