Gabriel Jezus "Arsenal" uchun EChLda 15 ta o'yinda 10 ta golda qatnashdi
21 YANVAR, 2026, 16:54
"Arsenal" forvardi Gabriel Jezus Chempionlar ligasi doirasidagi "Inter"ga (3:1) qarshi o'yinda dubl qayd etdi.
Braziliyalik futbolchi "Arsenal" safida Chempionlar Ligasida jami 10 ta golli harakat (6 ta gol, 4 ta golli uzatma) qayd etdi. Buning uchun unga 15 ta o'yin kerak bo'ldi.
"Arsenal"ning uch futbolchisi EChLda 10 ta golli harakatni tezroq amalga oshirgan: Bukayo Saka (13 o'yinda), Aleksis Sanches (12 o'yinda) va Andrey Arshavin (8 o'yida).
