Beyl Xabi Alonsoning "Real"dan ketishiga izoh berdi
21 YANVAR, 2026, 16:30
Londonning "Tottenxem" va Madridning "Real" klublari sobiq futbolchisi Garet Beyl ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoning "qirollik klubi" murabbiyligidan iste'foga chiqarilishi haqida gapirdi.
"Bu xabarni eshitib, hayron bo'lmadim. "Real"da hammasi oddiy - natija bo'lmasa, ketasan. Alonso bilan ham shunday bo'ldi. Bu klub falsafasi. Katta jamoalarga murabbiy bo'lish qiyin. "Real"da Xabining rejalari ish bermadi," - deya uelslik futbolchining so'zlarini keltiradi TNT Sports.
Eslatib o'tamiz, madridliklar jamoasiga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
