logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" nega Fermin Lopes transferiga jiddiy qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'ldi

 21 YANVAR, 2026, 16:18

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni o'z safiga qo'shib olish harakatlarini davom ettirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "Chelsi" bir necha pozitsiyada harakat qila oladigan kreativ yarim himoyachi sotib olmoqchi va Fermin bu ta'rifga juda mos keladi.

Lopes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu mavsumda 22 yoshli xavbek barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi faqat 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalikning bozor narxi 70 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ