logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" CHempionlar Ligasi tarixida klub rekordini yangiladi

 21 YANVAR, 2026, 13:48

"Arsenal" 2025/2026 yilgi mavsum CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida "Inter"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, klub rekordini yangiladi.

Squawka malumotiga ko'ra, "kanonirlar" o'z tarixida birinchi marta CHempionlar Ligasida ketma-ket etti o'yinda g'alaba qozonishdi. Bu o'yinlardagi umumiy gol farqi — 20:2.

Eslatib o'tamiz, "Inter" bilan uchrashuvdan oldin "Arsenal" CHempionlar Ligasida "Atletik" (2:0), "Olimpiakos" (2:0), "Atletiko" (4:0), CHexiyaning "Slaviya"si (3:0), "Bavariya" (3:1) va "Bryugge" (3:0) jamoalarini mag'lub etgandi. "Arsenal" 21 ochko bilan CHempionlar Ligasi jadvalida etakchilik qilmoqda. Ushbu o'yindan so'ng "Inter" 12 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni egalladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ