logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" ter Shtegen ketganidan keyin yangi sardor tanladi

 21 YANVAR, 2026, 13:36

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ni tark etdi. 33 yoshli darvozabon joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida "Jirona"ga o'tdi. "Ko'k-anorranglilar"ning mavsumning qolgan qismidagi asosiy sardori markaziy himoyachi Ronald Arauxo bo'ladi.

Urugvaylik futbolchi joriy mavsumda 16 marta maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Noyabr oyi oxiri - yanvar oyi boshida Arauxo psixologik muammolar tufayli jamoa qarorgohida bo'lmagan: 26 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yinda (0:3) qizil kartochka olganidan keyin ruhiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Tajribali markaziy himoyachi "Barselona" safida 2018 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ