logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mastantuono: "Mbappe haq - Vinisiusga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishdi"

 21 YANVAR, 2026, 13:30

Madridning "Real" klubi futbolchisi Franko Mastantuono jamoadoshi Vinisius Juniorning muammolari haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

So'nggi paytlarda braziliyalik futbolchini "Santyago Bernabeu"da tez-tez hushtakbozlik qilishmoqda. Chempionlar Ligasida "Monako"ga qarshi o'yinda ham (6:1) xuddi shunday bo'ldi, ammo "qaymoqranglilar" muxlislarining bir qismi Vinisiusni olqishlab qo'llab-quvvatladi. Hujumchi o'z hisobiga gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'yib, kechaning qahramoniga aylandi.

"Kilian [Mbappe] aytganidek, muxlislar faqat Vinini hushtakbozlik qilgani adolatdan emas. So'nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklarimizda barchamiz aybdormiz," - deya "Monako" bilan o'yinda o'zini ko'rsatgan Mastantuononing so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Aynan Vinisius bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ