logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" yulduz darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin

 21 YANVAR, 2026, 13:06

"Inter" Yann Zommer o'rniga yulduz darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin. Italiyaning Sky telekanali jurnalisti Luka Bendonining ma'lum qilishicha, milanliklar "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning atrofidagilar bilan dastlabki aloqani o'rnatgan.

Hozircha "Inter" ehtimoliy yozgi transfer shartlarini o'rganmoqda xolos.

Emiliano Martines 33 yoshda, uning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tajribali argentinalikni 15 million evroga baholamoqda.

Xabaringiz bor, Martines 2022 yilgi jahon chempionatida eng yaxshi darvozabon sifatida e'tirof etilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ