logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bellingem: «Dastlabki sakkiztalikdan mustahkam o'rin olishimiz muhim edi»

 21 YANVAR, 2026, 06:12

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 7-turida "Monako" ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (6:1) haqida fikr bildirdi.

"Katta ishonch bilan g'alaba qozondik. Bir necha o'yin oldin "Betis"ga qarshi ham xuddi shunday o'ynagan edik, ammo bugun barchasi boshqacha kechdi. O'yinni to'liq nazorat qilgandik, boshidanoq kerakli intensivlikda harakat qildik. Turnir jadvalida dastlabki sakkiztalikda mustahkam o'rin egallash juda muhim edi. Umuman olganda, jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi. Men juda mamnunman. Vinisius haqiqatan ham juda yaxshi o'ynadi. U har gal to'pni qabul qilganida xavfli harakat qildi va ko'plab golli vaziyatlar yaratdi", — deya Bellingemning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Ushbu natijadan so'ng "Real" 15 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Monako" esa 9 ochko bilan 20-pog'onada joylashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ