Flik Rafinyaning holati bo'yicha ma'lumot berdi
20 YANVAR, 2026, 23:30
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyaning ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya"ga qarshi safar o'yini qaydnomasiga kiritildi, ammo u dam olish kunlari La Liganing "Real Sosedad"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgandi.
- Rafinya o'yinga tayyormi?
- Ha, tayyor bo'ladi. Kecha u mashq qildi va bugun yana bir imkoniyatga ega bo'ladi.
"Slaviya" va "Barselona" jamoalari 21 yanvar, chorshanba kuni maydonga tushadi.
