logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lopes "Barselona"ni tark etmaydi

 20 YANVAR, 2026, 17:18

"Barselona" yarimhimoyachisi Fermin Lopes qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Adrian Sanches xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Lopes Londonning "Chelsi" va boshqa grand klublaridan qiziqish bo'layotganiga qaramay, bor e'tiborini "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashga qaratgan.

Fermin Lopes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ