Rasman. Javohir Sidiqov "Qo'qon-1912"ga o'tdi
20 YANVAR, 2026, 17:00
Javohir Sidiqov faoliyatini yana "Qo'qon-1912"da davom ettiradigan bo'ldi.
Qo'qonliklar klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, o'tgan mavsumda "Nasaf" sharafini himoya qilgan 29 yoshli yarim himoyachi 2026 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
U avvalroq 2016-2018 va 2022 yilda "Qo'qon-1912" safida to'p tepgan.
