logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sarri "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

 20 YANVAR, 2026, 15:54

"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriya 21-turidan o'rin olgan "Komo"ga (0:3) qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Bu mag'lubiyat alamli, bu o'yinni unutishni bilish kerak. Ikki jamoa o'rtasida texnik farq bor, lekin biz uni yaxshiroq yashirishimiz mumkin edi.

Bu o'yin uchun yig'lamoqdan foyda yo'q. Ikkinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yubordik, "Komo"dek jamoaga qarshi o'yinda qiyin bo'lyapti. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik, "Latsio"ning halokatli o'yinini ko'rmadim, ammo ular uch marta jarima maydoniga kirib, ikkita gol va penalti tepishdi. Hisob 2:0 bo'lganida o'yinni ochish imkoniyatiga ega bo'ldik, ammo uchinchi goldan keyin o'yin yakunlandi", - deya xulosa qildi Sarri.

Ayni vaqtda "Latsio" A Seriya turnir jadvalida 28 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ