Premer-liga tarixidagi ilk o'zbek: Abduqodir Husanovning «Man Siti»ga transferiga 1 yil bo'ldi
20 YANVAR, 2026, 13:12
"Manchester Siti" 2025 yilning 20 yanvar sanasida Frantsiyaning "Lans" jamoasidan o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olganini e'lon qilgan edi.
O'sha vaqtda 20 yoshda bo'lgan Abduqodir Premer-ligadagi ilk o'zbek sifatida tarixda qoldi. "Shaharliklar" Husanov transferi uchun "Lans"ga naqd 40 million evro to'lab bergan.
Shu kunga qadar Abduqodir "Siti" uchun jami 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Bugun uning jamoasi Chempionlar ligasida Norvegiyada "Budyo-Glimt" mehmoni bo'ladi.
