logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yurgen Klopp o'z kelajagi haqida bayonot berdi

 20 YANVAR, 2026, 11:48

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytish niyati yo'qligini malum qildi.

"Men futbol jamoasini boshqara olishimni yaxshi tushunaman, ammo bu butun umrim davomida albatta murabbiy bo'lib ishlashim kerak, degani emas. Men o'zimni boshqa yo'nalishlarda ham sinab ko'rishni istadim.

"Red Bull" kompaniyasi menga mos keladigan rolni taklif qildi. Biz bu vazifani bosqichma-bosqich, birgalikda shakllantirdik. Hozir men o'zimni to'liq komfortda his qilyapman — qaerda bo'lsam, shu joy menga maqul. Boshqa joyda bo'lish istagi yo'q. Ilgari bilmagan juda ko'p insonlar bilan tanishdim, ko'plab ishbilarmonlik uchrashuvlarida ishtirok etdim, hatto avval uchramagan so'zlarni ham o'rgandim.

Bu rostdan ham, juda yaxshi davr bo'ldi. Bir yil ichida besh yilga teng tajriba orttirdim", — deya Kloppning so'zlarini The Athletic nashri keltiradi.

Ayni paytda Yurgen Klopp "Red Bull" tuzilmasida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar lavozimida faoliyat olib bormoqda. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ