logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konor Makgregor: "U bilan qo'lqopsiz janglarda bajonidil revansh o'tkazardim"

 20 YANVAR, 2026, 10:00

Yarim engil (66 kg gacha) va engil (70 kg gacha) vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor janglarni sog'ingan ko'rinadi.

Irlandiyalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi boks bo'yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 48 yoshli Floyd Meyvezer bilan qo'lqopsiz janglarda revansh bahsini o'tkazish istagini bildirdi.

"Boksga yana qaytamanmi? Albatta, boks bo'yicha jang o'tkazaman. Meyvezer bilan revansh? Rostini aytsam, men u bilan jon deb mushtlashgan bo'lardim", - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Irlandiyalik 2021 yil iyul oyidan beri aralash yakkakurashlar bo'yicha jang qilmagan. O'shanda u UFC 264 turnirida engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Dastin Porega birinchi raunddayoq texnik nokaut (oyoq jarohati sabab) evaziga yutqazgandi. Uning professional rekordi 22 ta g'alaba va 6 mag'lubiyatdan iborat.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ