logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karrager nima uchun "Chelsi" yosh tarkib bilan muvaffaqiyatga erisha olmasligini tushuntirdi

 20 YANVAR, 2026, 06:06

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Chelsi"ning yosh tarkibi haqida fikr bildirdi.

"Yosh iste'dodlardan iborat butun bir jamoa tuzib, ular uch-to'rt yil davomida rivojlanadi, degan g'oya ishlamaydi. "Manchester Yunayted" ham yosh futbolchilar hisobiga g'alaba qozonmagan — ularni tajribali o'yinchilar o'rab olgan va aynan shu omil muvaffaqiyatga olib kelgan. "Chelsi" 2021 yilda Chempionlar ligasini yutganida, ularning markaziy himoyachisi kim edi? 37 yoshli Silva", — deya Karragerning so'zlarini Sky Sports keltirdi.

Ayni paytda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida 34 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi. "Ko'klar" peshqadam "Arsenal"dan 16 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ